Bugun tug‘ilgan kun – Mubin Mirzayev
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev 1969 yil 20 yanvarda Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
Mubin Mirzayev 1993 yil Toshkent davlat universitetini matematika mutaxassisligi, 2001 yil Toshkent moliya institutini moliya mutaxassisligi, 2002 yil Yaponiya siyosiy fanlar milliy institutini iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1993 yilda Toshkent davlat universitetida boshlagan. 1994-1996 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti tadqiqotchi-stajyori, aspiranti, 1996-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ikkinchi toifali iqtisodchisi, birinchi toifali iqtisodchisi, yetakchi iqtisodchisi, bo‘lim boshlig‘i, departament direktori o‘rinbosari – boshqarma boshlig‘i, departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2008 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, 2017 yildan 2018 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish va xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan.
2018 yilning dekabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, bir vaqtning o‘zida Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Mubin Mirzayev soliq xizmatining I darajali maslahatchisi unvoniga ega.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!