Bugun tug‘ilgan kun – Jo‘rabek Mirzamahmudov
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov 1979 yil 13 yanvarda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan.
Jo‘rabek Mirzamahmudov 2001 yil Xantsvildagi (AQSH) Alabama universitetining bakalavr, 2005 yil Toshkent kimyo-texnologiyalari institutining magistratura bosqichini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, “O‘zlitineftgaz” OAJ, “O‘zneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Jo‘rabek Mirzamahmudov 2018 yildan buyon Atom energetikasini rivojlantirish agentligi “O‘zatom” bosh direktori hamda 2020 yildan e’tiboran “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!
O‘zA