Bugun tug‘ilgan kun – Ilhom Haydarov
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov 1968 yil 22 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Ilhom Haydarov 1992 yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU), 1993 yil Xalqaro paxta maktabini (AQSH), 1997 yil Rossiya tashqi savdo akademiyasini tugatgan. U mehnat faoliyatini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi "Mashsanoat" shirkati mutaxassisi vazifasidan boshlagan.
Ilhom Haydarov 2018 yil “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi bo‘lgunga qadar ham qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2006 – 2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Ukraina Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi, 2009 – 2018 yillarda “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida mehnat qilgan. U 2020 yil “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
***
P/S: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!