Bugun tug‘ilgan kun – Gulnora Marufova
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova 1956 yil 26 aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.
Gulnora Marufova 1997 yildan 2004 yilga qadar Farg‘ona viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan. 2004 yildan 2020 yilga qadar esa O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib mehnat qildi.
G.Marufova 2020 yil 3 iyulda Prezidentning tegishli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Gulnora Marufova mamlakatimizda xotin-qizlar va oila institutiga oid qonunchilikni mustahkamlash, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini oshirish, ularning haq-huquqlarini himoyalash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb qilish, ayollar va oilalar muammolari bilan manzilli va maqsadli ishlash yo‘nalishlarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda kelmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda Davlatimiz Rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan xotin-qizlar va oila masalalari bilan shug‘ullanishda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini ta’minlash, har bir ayol, har bir onaning o‘z hayotidan, farzandlarining baxtu kamolidan rozi bo‘lib yashashiga qaratilgan islohotlarning har bir oila, har bir ayol hayotiga kirib borishini ta’minlashdagi mehnatlari e’tiborga molik.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @ Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!
O‘zA