Bugun "telegram" ijtimoiy tarmog‘i 12 yoshga to‘ldi! (+video)
Bugungi kunda"telegram" dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bugun "telegram" ijtimoiy tarmog‘ining yaratilganiga 12 yil to‘ldi. Telegramning asosiy yutug‘i - maxfiylikka bo‘lgan talabda bo‘lgan. 2013 yil kuzda Saudiya Arabistoni va Forsiy ko‘rfaz yaqinidagi boshqa davlatlarda "telegram" ijtimoiy tarmog‘i haqidagi gap-so‘zlar ko‘paydi. Shunda taniqli arab bloggeri Xolid App Store'da yangi ajoyib messenjer paydo bo‘lgani haqida bir necha postda ta’kidlaydi.
Telegramning reklamasi uning maxfiyligida bo‘lgan. Durov hech kim ularning yozishmalarini ko‘ra olmasligini ta’kidlab, foydalanuvchilarda ishonchni qayta uyg‘otadi.
2014 yilda "telegram" munosib ravishda Yevropadagi eng tez o‘sib borayotgan startapga aylandi. 2015 yilga kelib "telegram"dan foydalanuvchilar soni 100 milliondan oshib ketdi.
Telegramning rivojlanishida yana bir insonning ham o‘z xissasi bor desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Eduard Snouden sobiq MRB agenti. U 2013 yilda AQSHdan qochib Rossiyaga keladi va boshpana so‘raydi. Bunga sabab u hukumatning odamlar ustidan olib boradigan doimiy kuzatuvlarini fosh etadi. Telegram shuhrat topishiga o‘sha paytdagi ahvol - maxfiylikka bo‘lgan talab sabab bo‘ladi.
Telegram asoschisining aytishicha, 12 yil ichida "faqat og‘zaki so‘z tufayli" 800 milliondan ortiq faol foydalanuvchiga ega bo‘lgan. "Yillar davomida ko‘plab yangilanishlar va yaxshilanishlar bilan Telegram zamonaviy xabar almashish tajribasi qanday bo‘lishi kerakligini qayta belgilab berdi. O‘tgan o‘n yillik hayajonli o‘tgan bo‘lsa-da, keyingi 12 yil Telegram o‘zining haqiqiy salohiyatini ochib beradigan vaqt bo‘ladi", deb yozadi milliarder.
Shu o‘rinda xakkerlar Telegram uchun qay darajada xatarli?degan savol tug‘iladi. Xakkerlar Telegramdan sizib chiqqan ma’lumotlarni turli usullarda bilib olishlari mumkin. Telegram xavfli xakkerlar va kiberjinoyatchilarga o‘z faoliyatini avtomatlashtirish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin. Telegram botlari ishlab chiquvchilarga platformada uchinchi tomon ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Odatda, kompaniyalar reklama va marketing kompaniyalari uchun bu texnologiyadan foydalanadilar. Xakkerlar botlardan soyada turgan holda o‘z operatsiyalarini bajarish uchun foydalanishlari va o‘z ta’sirini chatlar va guruhlarga osonroq tarqatishlari mumkin. Ammo Telegram qaroqchilik bilan shug‘ullanuvchi muammoli guruhlarni yopishda ancha ishtiyoqmandlik ko‘rsatayotganini ham aytmasdan iloj yo‘q. Kompaniya doimiy ravishda foydalanuvchilar orasida mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallarni almashadigan har qanday guruh yoki kanallarni yopadi.
Davlat organlari uchun “telegram”dan foydalanish xavfsizmi?
Albatta, xavfsizlik nuqta’i nazaridan Telegram ko‘plab ustunliklarga ega bo‘lishiga qaramay, afsuski, davlat organlarida ishlovchi foydalanuvchilar uchun butunlay xavfsiz ijtimoiy tarmoq emas. Bu ilova davlat organlari o‘rtasida o‘zaro maxfiy xabarlar almashayotgan paytda turli xil xakkerlar hujumlariga uchrashi mumkin. Shu kabi holatlarni oldini olish uchun davlat idoralari foydalanuvchilari ilovani imkon qadar xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda ishlatishlari maqsadga muvofiq.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MEmrHfytcj8" title="Bugun "telegram" ijtimoiy tarmog`i 12 yoshga to`ldi!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA