Bugun O‘zbekiston kubogining uchinchi bosqichi boshlanadi
Bugun mamlakatimizning oltita stadionida O‘zbekiston kubogining uchinchi bosqichiga start beriladi.
Bugun mamlakatimizning oltita stadionida O‘zbekiston kubogining uchinchi bosqichiga start beriladi.
19 iyun sanasiga belgilangan o‘yinlar orasida ko‘pchilikning e’tiborini Toshkentdagi TTYMI stadionida o‘tkaziladigan “Bunyodkor” va “Metallurg” jamoalari bahsi o‘ziga jalb etishi tabiiy. E’tiborlisi, bu jamoalarning joriy mavsumdagi o‘zaro uchinchi to‘qnashuviga aylanadi. Bungacha “Bunyodkor” va “Metallurg” klublari avval O‘zbekiston superligasi, so‘ngra Liga kubogi doirasida ro‘baro‘ kelishgan edi.
Agar superliga doirasida “qaldirg‘ochlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, Liga kubogida “Bunyodkor”ning zaxira tarkibi bekobodliklarga imkoniyatni boy bergan. Ta’kidlash joiz, har ikki o‘yin Bekobodda o‘tkazilgan.
O‘zbekiston kubogining 3-bosqich o‘yinlari taqvimi:
19 iyun
“Bunyodkor” – “Metallurg”
“Zomin” – “Xorazm”
“Neftchi” – “Zirabuloq”
“Surxon” – “Rash-Milk”
“Andijon” – “Buxoro”
“So‘g‘diyona” – “Zarangari”
25 iyun
“Dinamo” – “Yashnobod”
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum”
25 iyun
“Sho‘rtan” – “Mash’al”
“Sherdor” – “Oq-tepa”
“Ittifoq-N” – “Iftixor”
“Istiqlol” – “Nasaf”