Bugun Namanganda 5 nafar bemor tuzaldi, ular orasida 3 yoshli qizaloq ham bor
Bugun Namangan viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib,reabilitatsiyaga kuzatildi.
Bugun Namangan viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib,reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning barchasi Namangan viloyatidan (2 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Uychi tumanidan, 1 nafari esa Namangan tumanidan) boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayollar boʻlib, eng yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq.
Viloyatda shu paytga qadar 202 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 207 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 2141 nafarga yetdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi