Bugun MDH Parlamentlararo Assambleyasining sessiyasi boshlanadi
Bugun - 2022 yil 27 oktyabr kuni Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo assambleyasining kuzgi sessiyasi o‘z ishini boshlaydi.
O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli anjuman Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm majmuasidagi Kongress markazida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda MDH Parlamentlararo assambleyasiga a’zo davlatlarning parlament delegatsiyalari rahbarlari va a’zolari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar hamda ekspertlar Kongress markaziga yig‘ilmoqda.
Bugun Parlamentlararo assambleyaning madaniyat, axborot, turizm va sport bo‘yicha, qishloq xo‘jaligi siyosati, tabiiy resurslar va ekologiya bo‘yicha hamda siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha uchta doimiy komissiyalarining majlislari bo‘lib o‘tadi.
Nufuzli anjuman tafsilotlari haqida batafsil uza.uz orqali tanishtirib boramiz. Bizni kuzatib boring!
N.Abduraimova, O‘zA