Bugun BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiya ishi boshlanadi
Bugun – 14 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi ishi boshlanadi. 21-27 sentabr kunlari uning doirasidagi ishlar o‘zining avj pallasiga kiradi, deyiladi “TASS” xabarida.
O‘tgan yili pandemiya munosabati bilan o‘rnatilgan cheklovlar bois assambleyaning yubiley sessiyasi ochilishi virtual tarzda o‘tkazilgandi. Bu yil ko‘p miqdordagi mehmonlarning kelishi kutilmoqda.
Maldiv vakili, mazkur mamlakat tashqi ishlar vaziri bo‘lib turgan Abdulla Shahid Bosh Assambleya raisi sifatidagi vakolatlari doirasida faoliyatga kirishadi.
Xalqaro tashkilotning Xavfsizlik kengashini sentyabrda Irlandiya boshqaradi. Afg‘onistondagi vaziyat birinchi darajali muhokamadagi masala bo‘ladi.