Bugun Abduqodir Husanov to'p tepayotgan "Manchester Siti" "Atletiko Madrid"ga qarshi maydonga tushadi
Uchrashuv Seulda bo‘lib o‘tadi. Bu «shaharliklar»ning Osiyo turniridagi so‘nggi bahsi hisoblanadi.
Bugun «Manchester Siti» mavsumoldi tayyorgarligi doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Uchrashuv Seulda bo‘lib o‘tadi. Bu «shaharliklar»ning Osiyo turniridagi so‘nggi bahsi hisoblanadi.
O‘zbekistonlik muxlislar uchun asosiy e’tibor, tabiiyki, Abduqodir Husanovda. Himoyachimiz «Siti»ning Osiyo turniri uchun tarkibidan joy olgan va yangi mavsum oldidan asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashmoqda.
Husanov «Inter»ga qarshi mavsumoldi uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgan edi. Bugungi «Atletiko»ga qarshi bahs ham unga murabbiylar ishonchini yanada mustahkamlash uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Qiziq tomoni, raqib safida «Siti»ning sobiq hujumchisi Xulian Alvares ham bor. Husanov maydonga tushsa, kuchli hujumchilardan biriga qarshi o‘zini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.