Buenos-Ayres - 2018: Kumushxondan oltin medal!
Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda.
Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda.
Biroz avval qizlar oʻrtasida ogʻir atletika boʻyicha -63 kg vazn toifasida bahslar yakuniga yetdi. Quvonarlisi, bahslarda ishtirok etgan Kumushxon Fayzullayeva Oʻzbekiston terma jamoasiga oltin medalni taqdim etdi.
Hamyurtimiz dast koʻtarishda 94kg., siltab koʻtarishda esa 124kg., umumiy hisobda 218kg. natija koʻrsatdi va oltin medal sohibasiga aylandi
Bu Oʻzbekiston terma jamoasi uchun Argentinadagi Olimpiya oʻyinlarida oltinchi medal hisoblanadi. Ularning 2tasi oltin, 2tasi kumush va yana 2tasi bronza medallaridir.