Brunu Fernandeshga Yevropa grandlari qiziqish bildirmoqda
Futbolchining o‘zi faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.
«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandeshning klubdan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar yana kun tartibida.
Jurnalist Saymon Stoun xabariga ko‘ra, portugaliyalik yarim himoyachini Italiyaning «Milan» va «Yuventus», shuningdek, Turkiyaning «Galatasaroy» klublari o‘z safiga qo‘shishni istamoqda.
Fernandeshning shartnomasida xorijiy klublar uchun 57 million funt (qariyb 67 million yevro) miqdoridagi tovon puli belgilangan.
Shunga qaramay, futbolchining o‘zi faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishni afzal ko‘rmoqda. U hatto professional faoliyatini «qizil iblislar» safida yakunlashi ham mumkin.
Brunu Fernandesh 8-sentabr kuni 32 yoshga to‘ladi. Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.