Britaniya ichki ishlar vaziri iste’foga chiqmoqda
Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel yangi hukumat tuzilishi arafasida iste’foga chiqishini e’lon qildi.
“Liz Trassni yangi yetakchi etib saylanishi bilan tabriklayman, uning Bosh vazir lavozimidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlayman. Men o‘z Vatanim va Vitxam saylov okrugi uchun xizmat qilishda davom etaman (Angliyada hukumat a’zolari parlament deputati ham hisoblanadi). Liz rasman lavozimiga kirishib, yangi ichki ishlar vaziri tayinlangandan keyin ishdan ketaman”, deya murojaat qildi Bosh vazir lavozimini tark etayotgan Boris Jonsonga yozgan maktubida ayol vazir Priti Patel.
Yangi Bosh vazir bugun mahalliy vaqt bilan soat 14.00 da Qirolicha Yelizaveta II bilan ko‘rishgach, lavozimini bajarishga kirishadi.
O‘zA