Brexit yana qoldirildi. Jumani kutmang!
12 aprel kuni Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishi kerak edi.
Ertaga, 12 aprel kuni Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishi kerak edi. YeI yetakchilarining uzoq davom etgan muzokaralaridan so‘ng, Brexit muddati 31 oktabrga ko‘chirildi. Bu bo‘yicha hal qiluvchi qaror Londonda iyun oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi muzokaralardan keyin qabul qilinadi.
"Yevropa Ittifoqining 27 davlati 50-moddani kechiktirishga rozilik berdi. Endi men Angliya hukumati bilan kelishish uchun Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey bilan uchrashaman”, degan Yevrokengash rahbari Donald Tusk Tvitterdagi sahifasida.
“Vesti. Ekonomika” tahliliga ko‘ra, Tereza Mey Brexit borasidagi rejalarning o‘zgarishiga rozilik beradi. Hozirda hukumat rahbari Londonga qaytib, YeI qarorini Birlashgan Qirollik Parlamenti tasdig‘idan o‘tkazishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 9 aprelda Birlashgan Qirollik Parlamentining ikkala palatasi ham hukumat rahbariga Brexitni kechiktirish yuklatilgan qonun loyihasini tasdiqladi. Ushbu qadam Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan qat’iy shartlarsiz chiqishini ko‘zlaydi.
Aslida 2019 yilning 29 martida Buyuk Britaniya YeIdan rasman chiqishi belgilangan edi. Biroq, britaniyalik siyosatchilar Brexit bo‘yicha bir qarorga kela olmadi. Bundan tashqari, London va Bryussel o‘rtasida Irlandiya Respublikasi va Shimoliy Irlandiya (Birlashgan qirollik tarkibida) chegaralari borasida bahs davom etmoqda. Hozirda bu mamlakatlar o‘rtasida chegaralar yo‘q. London Brexitdan so‘ng to‘laqonli chegara o‘rnatishni talab qilmoqda. Bryussel esa bu qadam hududlarni ichki siyosiy va iqtisodiy inqirozga olib keladi, deb hisoblamoqda.