Brent markali neftning bir barreli 79 dollarga tushdi
Jahon bozorida neft narxi seshanba kundan boshlab tusha boshladi. Hozirgacha pasayish 4 foizdan oshib, Brent markali neftning bir barreli 79 dollargacha tushib qoldi.
Kecha Brent markali neftning fevral oyi uchun fyuchers narxi 4,34 foizga tushib, bir barrel qora oltin 79,09 dollar qilib belgilangan. WTI markasining yanvar oyi uchun fyuchers narxi ham tushishda davom etmoqda. Kecha kechqurun uning narxi 4,17 foizga pastlagan va bir barreli uchun 73,72 dollar beriladigan bo‘lgan.