Bozorlarda sayyor davlat xizmatlari
Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan "O‘zimiz keldik" loyihasi doirasida Namangan viloyatining barcha markaziy bozorlarida davlat xizmatlari, jumladan, FHDYO sohasiga oid xizmatlar sayyor tartibda ko‘rsatilmoqda.
Xususan, Namangan shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari Namangan shahar markazidagi "Sardoba savdo majmuasi"ga kelayotgan aholiga bepul huquqiy maslahatlar berib, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, sohaga oid bepul huquqiy maslahatlar hamda saylov qonunchiligi bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqda.
– Davlat xizmatlari markaziga borishga ha, deganda vaqt topilmaydi, - deydi "Sardoba savdo majmuasi" direktorining o‘rinbosari Yoqub Madaliyev. – Shunday pallada sayyor xizmat tadbirlari amalga oshirilayotgani ayni muddao bo‘lmoqda. Namangan shahar davlat xizmatlari markazining ushbu tashabbusini amalga oshirishda o‘zim bosh-qosh bo‘ldim. Ushbu sayyor qabul haqida ikki kun bozor radiosida e’lon qildik. O‘zim birinchi bo‘lib, xizmatdan foydalandim. Bunday tashabbuslar ayniqsa, saylov oldidan fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish juda muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-4244]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA