Bozor yetakchilari avtomobillar narxini oshirmoqda
Avtosanoat haligacha yechimini topa olmagan mikrochiplarning taqchilligi o‘tgan yili avtomobillar ishlab chiqarishni keskin qisqartirdi va dilerlik markazlarida avtomobillar sonining sezilarli darajada kamayishiga olib keldi.
Shu bilan birga, talab yuqori darajada saqlanib qoldi, bu esa 2021 yilda narxlarning rekord darajada oshishiga olib keldi. Yangi geosiyosiy sharoitlarda vaziyat yanada yomonlashadi.
bugungi kunga kelib, avtomobil bozorida narxlarni barqarorlashtirish haqida gapirishga hali erta. Tahlilchilar optimistik emas, chunki mikrochiplarning global taqchilligi butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etmoqda. Biroq, ko‘plab global kompaniyalar 2022 yilda 2021 yilgi inqiroz yiliga nisbatan sotuvlarni oshirishga umid qilmoqda.
Eng yirik bozor ishtirokchilari, agar yarim o‘tkazgichlar yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar hal etilsa, yaqin kelajakda avtomobil ishlab chiqarish sur’atlarini tiklash mumkin bo‘lishini rejalashtirmoqda. Ammo bu sodir bo‘lmasa, narxlarning oshishini to‘xtatib bo‘lmaydi.
“Hyundai” va uning sho‘ba korxonasi, dunyodagi eng yaxshi 10 avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan “Kia Corp”, o‘tgan yilgi keskin pasayishdan so‘ng 2022 yil uchun global sotuvlar o‘sishini prognoz qilmoqda.
Shu bilan birga, yilning birinchi yarmida butlovchi qismlarni yetkazib berishdagi kechikishlarning oldini olish mumkin emasligi aniq. Shunga ko‘ra, taxminlar tasdiqlanmasligi mumkin, shuning uchun xaridorlar avtomobil narxlarining keyingi sakrashiga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak.
Avtomobil narxlarining muqarrar o‘sishi foydasiga ikkinchi dalil Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan geosiyosiy vaziyatning keskinlashuvi bilan bog‘liq. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng G‘arb davlatlari Moskva bilan faol savdo qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga muqarrar ta’sir ko‘rsatadigan yangi qattiq iqtisodiy sanksiyalar paketini e’lon qildi.
bugungi kunda Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklaridan biridir. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 11,6 foizini mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari egallaydi, ularning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ri keladi. So‘m rublga chambarchas bog‘langan, shuning uchun Rossiya valyutasining tushishi deyarli muqarrar ravishda o‘zbek valyutasining pasayishiga olib keladi.
Bunday vaziyatda “UzAuto Motors” o‘z mahsuloti tannarxini ushlab turishda davom etishiga ishonish soddalikdir. 2020 yil mart oyidan buyon narxlarni ko‘tara olmagani ko‘plab mutaxassislarni hayratda qoldiradi, ammo hozirgi sharoitda bu jarayon o‘z-o‘zidan tugadi.
Agar bir necha kun oldin “UzAuto Motors” tez orada narxlarni 40 foizgacha oshirishi kutilgan bo‘lsa, so‘nggi voqealarni hisobga olsak, bu o‘sish ancha yuqori bo‘lishi mumkin edi va bunga hayron qolmaslik kerak.
O‘zA