Bo‘zatovda hunarmandlar safi kengayadi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi namoyish etildi.
“Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Orolbo‘yining 6 ta tumanidan 32 nafar hunarmand o‘zlari tomonidan tayyorlangan milliy kiyimlar, kashtachilik, gilam, yog‘och o‘ymakorligi, cholg‘u asboblari va boshqa buyumlari bilan ishtirok etdi.
Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbari D.Allambergenova, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari Sh.Otemisov mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, shu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish, band bo‘lmagan aholi, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etishga qaratilayotgan e’tiborga to‘xtaldi.
[gallery-2787]
bugungi kunda mamlakatimizda hunarmandchilik ham jadal rivojlanib, aksariyat oilalarning daromad manbaiga aylanmoqda. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, Bo‘zatov tumani aholisi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida hunarmandchilikni rivojlantirish, “Ustoz-shogird” an’analarini davom ettirish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, shu orqali yoshlarga hunar o‘rgatish va bandligini ta’minlashdir.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Mehmonlar tuman markazidagi “Hunarmandlar alleyasi”da yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA