Bo‘stonliqda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
Keyingi yillarda mamlakatimizda energiya manbalarini ko‘paytirish va ulardan tejab foydalanish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Bo‘stonliq tumani aholisiga ham qulaylik yaratish maqsadida bu borada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Ayniqsa, bahavo tog‘li hududda turizmni keng rivojlantirish uchun uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib berish eng dolzarb masala hisoblanadi.

Shu kunga qadar bu yerda katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilib, tog‘li tumanning so‘lim mahallalarida elektr energiyasi tarmoqlarini rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Yog‘och tayanchlar yangi temir-beton ustunlarga, eskirgan simlar zamonaviy turdagi SIP o‘tkazgichlarga almashtirilmoqda.

Xususan, 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va iste’molchilarni elektr energiyasi bilan sifatli ta’minlash maqsadida joylardagi jami 36 ta transformator punkti, 146,74 kilometr havo tarmoqlari mukammal ta’mirlandi. Ayniqsa, Navobod, Barraj, Qoronqul, Talpin, Xumson va Qoronqul kabi mahallalarda zarur ishlar amalga oshirildi.


Bu kabi chora-tadbirlar uchun mutasaddilarga barcha zarur uskunalar o‘z muddatlarida yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur ishlar natijasida ushbu hudud aholisi sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanishiga erishiladi.
<iframe width="992" height="558" src="https://www.youtube.com/embed/NtpP7DEDwJg" title="Boʻstonliqda elektr taʼminoti yaxshilanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Musayev, O‘zA muxbiri