Boshlang‘ich partiya tashkilotlari deputatga ko‘makchi
Shu kunlarda hududiy partiya tashkilotlari tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.
18 ming 900 nafar a’zoni birlashtirgan 114 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib borayotgan O‘zLiDeP Navoiy shahar Kengashida ham bu siyosiy jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rildi.
Quyi bo‘g‘in faollari nafaqat yetakchilar hisobotini tinglashmoqda, balki 2024 yil ish rejasi doirasida amalga oshirilgan tadbirlarni tanqidiy-tahliliy baholab, o‘z taklif va mulohazalari bildirmoqda.
Jumladan, “Tinchlik - 1” va “Tinchlik - 2” boshlang‘ich partiya tashkilotlarida bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishi ham aynan tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi.
Yig‘ilishda partiya viloyat Kengashi xodimlari, partiya faollari hamda elektorat vakillari ham ishtirok etdi.

Mazkur boshlang‘ich partiya tashkiloti 88 nafar a’zoni o‘z safiga birlashtirgan. Hisobot davrida ular barcha ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etdi. Shuningdek, o‘zlari istiqomat qiladigan hududda aholini qiynayotgan bir qator muammolarga yechim topishda deputatlarga yaqindan ko‘makdosh bo‘ldi.
– Maslakdoshlarimiz tomonidan 12 ta kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilishida, shuningdek, 20 nafar yoshga ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlarga biriktirish orqali ularning bilim va tajribalaridan keng foydalanib o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishiga amaliy yordam ko‘rsatildi, – deydi xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Muhammad Ismatov.
Yig‘ilish so‘nggida tashkilotga yangi qabul qilingan 17 nafar xodimga partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri