Bosh sovrinni buxorolik chavandozlar qo‘lga kiritdi
Har yili Navro‘z – umumxalq bayrami munosabati bilan joylarda xalqimizning qadimiy milliy o‘yinlaridan biri – uloq ko‘pkari musobaqalari o‘tkaziladi. Ana shunday musobaqalardan biri Navoiy viloyati Uchquduq tumanida Uzunquduq ovulida tashkil etildi.
Musobaqaning ochilish marosimida mardlik, jasurlik, epchillik va halollik asosiga qurilgan uloq ko‘pkari milliy o‘yini asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotganligi, bugungi kunda uni yanada rivojlantirish va targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.


Musobaqada navoiyliklardan tashqari, Andijon, Buxoro, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan yuz nafardan ziyod chavаndozlar ishtirok etdi. Eng abjir va chaqqon chavаndozlar sovringa qo‘yilgan tuya, ot, qo‘y, tilla taqinchoq va pul mukofotlariga ega chiqdi.
Bosh sovrin qizil tuyaga esa Buxoro viloyatidan kelgan chavandozlar egalik qildi.


A.Bo‘riyev, O‘zA