Bosh prokuratura xabarlari
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda juda ko‘p miqdordagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va savdo qoidalarini buzish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda juda ko‘p miqdordagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va savdo qoidalarini buzish holatlari aniqlandi
Ellikqala tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “I.Q.L.” MChJ mansabdor shaxslari 2019 yilning 6 oyi davomida 5,6 mlrd. so‘mlik tovar aylanmasini amalga oshirib, 933,4 mln. so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlaganliklari hamda tovarlar sotuvidan tushgan 4,7 mlrd. so‘m naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan, savdo qoidalarini buzganligi aniqlangan.
Nukus shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A-Q-Nukus” MChJ mansabdor shaxslari 2019 yilning 6 oyi davomida 2,7 mlrd. so‘mlik tovar aylanmasini amalga oshirib, 294,1 mln. so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlaganliklari hamda 2,4 mlrd. so‘m naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan, savdo qoidalarini buzganligi aniqlangan.
Nukus tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.M.Q” MChJ mansabdor shaxslari 2019 yilning 6 oyi davomida 4,9 mlrd. so‘mlik tovar aylanmasini amalga oshirib, 306,5 mln. so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlaganliklari hamda 3,4 mlrd. so‘m naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan, savdo qoidalarini buzganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan hududiy bo‘limlar tomonidan JKning 184 va 189-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
***
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi chorva mollari bozorida fuqaro I.I.ning ikki bosh qo‘ylarini notanish fuqaro 3,4 mln. so‘mga xarid qilib, uni aldab, seriya raqamlari bir xil bo‘lgan 34 dona 100000 so‘mlik kupyuradagi jami 3,4 mln. so‘m qalbaki pullarni berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168 va 176-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
***
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro I.T. tuman hokimiyatida ishlovchi tanishlari orqali, tumandagi Yangi hayot mavzesi hududidan uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berish evaziga fuqarolar S.B.dan 6,8 mln. so‘m, M.S.dan 18,5 mln. so‘m, F.R.dan dastlab 15 mln. so‘m keyinchalik 5 mln. so‘m pul mablag‘larini olib, ushbu pul mablag‘lari hisobidan 1000 AQSh dollarini 2018 yilning dekabr oyida Sirdaryo tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi S.X.ga berganligi, S.X. esa uy-joy qurish uchun yer maydoniga tuman hokimining nomidan qalbaki qarorlarni chiqarib, I.T. orqali fuqarolarga berganligi aniqlangan.
Shuningdek, I.T.ning qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi haqidagi murojaati yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, S.X. bilan uchrashib, unga bergan qarorlari soxta ekanligini, fuqarolar pullarini talab qilayotganligini aytib, undan muqaddam bergan 1000 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarini qaytarib olgan vaqtida S.X. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi S.X. va fuqaro I.T.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokratura Axborot xizmati