Bosh prokuratura: Ohangarondagi davlat bog‘chasida tarbiyalanuvchi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura rasmiy баёнотиda ma’lum qilinishicha, 2026-yil 28-avgust kuni 2023-yil 16-iyulda tug‘ilgan o‘g‘il bola tashkilot oshxonasida turgan hasharotlarga qarshi vositani iste’mol qilishi oqibatida zaharlangan.
Shahar tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, bola 30-avgust kuni vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi – kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida bir shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda. Har bir aniqlangan holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho berilishi, tergov natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi rasmiy bayonotda.
O‘zA