Bosh hisobchining kirdikorlari fosh bo‘ldi
Farg‘ona davlat universiteti bosh hisobchisi M.E mansab mavqeini suiiste’mol qilish orqali byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi.
U “B.U.F” mas’uliyati cheklangan jamiyatini norasmiy ravishda yuritib, oliy ta’lim muassasasi ehtiyojlari uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan elektron do‘kon orqali jamiyatdan uskuna va qurilish materiallarini o‘rtacha narxidan 61,1 million so‘mga qimmat sotib olgan.
Shuningdek, o‘zining “E.A.A” dehqon xo‘jaligidan shaftoli ko‘chatlarini qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksning 167-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
M.Sulaymonov, O‘zA