Boris Jonson o‘zining hashamatli qarorgohi haqidagi munozaralarga munosabat bildirdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson o‘zining Dauning-stritdagi uyining ta’mirlanishi bilan bog‘liq bahsu munozaralarga munosabat bildirdi.
“Siyosatchi mazkur ish bo‘yicha o‘z yordamchisi Kristofer Gayd olib borayotgan tekshiruvga oid ma’lumotlarni aytishdan bosh tortdi”, deyiladi “The Independent” xabarida. Bosh vazir uyining ta’miri bo‘yicha gap-so‘zlarni ahamiyatsiz safsata, deb atab, Gayd bu ishni yetuk darajada olib borishiga ishonch bildirgan.
Jonsonning aytishicha, mamlakat fuqarolari uchun hozir uy ta’miri haqidagi ma’lumot emas, koronavirusga qarshi kurashdagi xushyorlik muhim.