Bor mehrimiz senga, bolajon!
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida navbatdagi donorlik aksiyasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona viloyati Kengashi hamda Farg‘ona viloyat qon quyish stansiyasi hamkorligida tashkil etilgan aksiyaning bosh maqsadi ehtiyojmand bemorlarga, xususan, bolalarga hayot bag‘ishlash, aholi orasida donorlik madaniyatini keng targ‘ib qilish va bunday ezgu harakatlarni an’anaga aylantirishdan iborat.
E’tiborli jihati, tadbirda faqatgina bag‘dodliklar emas, balki Uchko‘prik va Oltiariq tumanlaridan kelgan yuzlab fuqarolar ham faol ishtirok etdi. Tibbiy tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 47 nafar donor o‘z ixtiyori bilan qon topshirdi.
– Bu kabi aksiyalar orqali aholi o‘rtasida birdamlik, bag‘rikenglik va insonparvarlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlanmoqda, - deydi Farg‘ona viloyati qon quyish stansiyasi vrach-epidemiologi Oybek Yo‘ldoshev. – Donorlik faqat tibbiy jarayon emas, u, avvalo, yurak amri, insonni inson bilan bog‘laydigan mehr ko‘prigi hisoblanadi. “Adolat” SDP bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy aksiya shu jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
[gallery-23604]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA