“Bor mehrimiz senga, bolajon!”
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va O‘zbekiston “Adolat” SDP Toshkent shahar kengashi Yashnobod tumanidagi 103-imkoniyati cheklanganlar maktab-internatida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida tibbiy ko‘rik tashkillashtirdi.
Unda yosh avlod salomatligini muhofaza qilish, pandemiya sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olish, bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishi, ularga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
160 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv maskanida bugungi kunda 200 nafarga yaqin o‘quvchi tahsil olmoqda. Maktab yetarli mutaxassis kadrlar bilan ta’minlangan.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutidan jalb etilgan 11 nafar malakali shifokor(lor, oftalmolog, terapevt, jarroh, okulist, stomatolog, nevrolog kabi mutaxassislar)dan iborat ishchi guruh kun davomida maktab o‘quvchilarining deyarli barchasini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
Mohigul Qosimova, O‘zA