Bo‘lg‘usi energetiklar tarbiyalanayotgan maskan
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyatidagi Shirin energetika kolleji 1985 yilda tashkil etilgan. Ushbu kollej xalqaro tasniflagichning 3- va 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida issiqlik energetikasi kompleksi sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Kollejda 13 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha jami 730 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Mashg‘ulot xonalari hamda amaliyot ustaxonalari zamonaviy o‘quv-amaliy jihozlar bilan ta’minlangan.
[gallery-10451]
Barcha o‘quv yo‘nalishlarida dars jarayonlari (fizika, matematika, ingliz tili, kimyo va informatika fanlari) chuqurlashtirilgan tartibda olib boriladi. Kollejni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan yana bir yil muddatga yuqori malakali mutaxassislar tomonidan energetika tizimi uchun maqsadli kadrlar tayyorlash dasturi asosida o‘qitiladi. To‘liq ingliz tilida tashkil etiladigan darslar an’anaviy hamda virtual tarzda olib boriladi.
Kollej o‘quvchilarining amaliyotini tashkil etish va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Sirdaryo IES” AJ korxonasi, Sirdaryo viloyati hududiy elektr tarmoqlari, Jizzax viloyati elektr tarmoqlari korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Ushbu korxonalarda o‘quvchilarning amaliyot o‘tashi uchun alohida xonalar ajratilib, tegishli tartibda jihozlangan.
Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA