Bolalarga qarshi jinoyatlar uchun jazo og‘irlashtirildi (+video)
Bolalar xavfsizligi va huquqlarini himoya qilish davlat siyosatidagi eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, internet va raqamli texnologiyalar hayotimizga chuqur kirib kelayotgan bugungi davrda bolalarni turli tahdidlardan asrash, ularga nisbatan sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlik va noqonuniy harakatlardan himoya qilishga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Jinoyat kodeksi hamda Jinoyat-protsessual kodeksiga muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xo‘sh, endi nimalar o‘zgaradi?
Ijtimoiy himoya milliy agentligi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Farhod Xudoyorov yangi tartib haqida quyidagilarni ma’lum qildi.
Batafsil quyidagi videohavolada.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7kP0yleo6w8" title="Bolalarga qarshi jinoyatlar uchun jazo og‘irlashtirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA