Bolalarda onkogematologik kasalliklarni aniqlaş holati qanday? — Vazir axborot berdi
Mamlakatimizda bolalarda onkologik va onkogematologik kasalliklarni erta aniqlaş, zamonaviy taşxis va davolaş usullarini joriy etiş, dori vositalari bilan taʼminlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Bu borada bolalarda kasallikni erta aniqlaş uluşi 2023-yildagi 23 foizdan 2025-yilda 28 foizga yetgan. Davolaş natijasida ham ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda. Jumladan, gemoblastozlarda bir yillik yaşovçanlik 17 foizdan 42-43 foizga, solid ösmalarda esa 37 foizdan 44,5 foizga kötarilgan.
Bolalarga bepul beriladigan dori vositalari röyxati 89 nomdan 194 nomga, yaʼni 2,2 barobarga kengaytirilgan. Zarur ösmaga qarşi dori vositalari bilan taʼminlanganlik darajasi esa ilgari har uç boladan birini taşkil etgan bölsa, hozirda 88 foizga, ayrim yönalişlarda 100 foizga yetgan.
Şuningdek, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida operatsiyalar soni 2023-yildagi 330 tadan 2025-yilda 877 taga, yuqori texnologik operatsiyalar esa 35 tadan 165 taga köpaygan. 2025-2026-yillarda bolalarga 36 ta ösuvçi endoprotez örnatilgani ham davolaş imkoniyatlari kengayayotganini körsatadi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bölib ötayotgan “Hukumat soati”da maʼlum qilindi. Unda soğliqni saqlaş vaziri E.Adilovning “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarşi kuraşiş böyiça Özbekiston Respublikasi milliy strategiyasi” doirasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisidagi axboroti eşitilmoqda.
Muhtarama Komilova,
ÖzA