Bolajonlarning har bir kuni mazmunli o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Adiba-Nozanin-Sojida” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kelajak egalarini barkamol etib tarbiyalash uchun barcha sharoit yaratilgan.
[gallery-6529]
2020 yilda tashkil etilgan tashkilot 100 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda bolajonlarning dastlabki bilimi va ko‘nikmasini shakllantiruvchi mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik andozalar asosida qiziqarli tashkil etiladi. Mental arifmetika, ingliz tili, musiqa darslari bilan birgalikda shaxmat-shashka to‘garaklari yo‘lga qo‘yilgan.
Muassasaning 8 nafar tarbiyachi-pedagogi kichkintoylarning har bir kuni mazmunli va samarali o‘tishi uchun bor mahorat va imkoniyatini ishga solmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA