Bo‘lajak askarlar tantanali kutib olindi
FOTOREPORTAJ
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy qismda belgilangan saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘z yigitlik burchini o‘tash istagidagi chaqiriluvchilar tantanali ravishda kutib olindi.
Marosimga tuman hokimligi vakillari, faxriylar hamda keng jamoatchilik tashrif buyurdi.
Tadbirda mamlakatimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy armiyamizning jangovar salohiyati xususida so‘z yuritildi. Vatan himoyasi, yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash har bir yigit uchun muqaddas burch ekanligi ta’kidlandi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun respublikamizning turli hududlaridan kelgan bo‘lajak askarlarning bir guruhi tadbirda so‘z olib, Vatan himoyasi yo‘lidagi yigitlik burchini a’lo darajada ado etish, yurtga munosib farzand bo‘lish, ota-onasi bag‘riga yorug‘ yuz bilan qaytishga va’da berdi.
[gallery-22297]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA