Bokschilarimizning dastlabki g‘alabalari
Toshkentda boks bo‘yicha WSV – Butunjahon boks seriyasi hamda ARV – yarimprofessional bokschilar yo‘nalishida o‘tayotgan musobaqani bokschilarimiz g‘alaba bilan boshladi.
Toshkentda boks bo‘yicha WSV – Butunjahon boks seriyasi hamda ARV – yarimprofessional bokschilar yo‘nalishida o‘tayotgan musobaqani bokschilarimiz g‘alaba bilan boshladi.WSV yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonning “Uzbek Tigers” va Puerto-rikoning “Puerto Rico Hurricanes” jamoalari o‘rtasidagi bahs 5:0 hisobida yakunlandi. Unda bokschilarimizdan Abror Qodirov Keybar Avillani, Elnur Abduraimov Stiven Ruidiazni, Doston Turdiyev Samuell Kedenoni, Shuhrat Abdullayev Xuan Karilloni, Sardor Abdullayev Valavikus Mantasni o‘z vazn toifasida mag‘lubiyatga uchratdi.
ARV yo‘nalishida ringga ko‘tarilgan bokschilar bellashuvining 52 kilogramm vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Jasurbek Latipov mo‘g‘ilistonlik Murdum Engene Gandulamni texnik nokautga uchratdi. Shuningdek, 69 kilogramm vazn toifasida Dilshod Mahmudov ispaniyalik Yuba Ndiayye Sissoxoni yenggan bo‘lsa, 75 kilogrammda bokschimiz Isroil Madrimov hindistonlik Krishan Vikash Yadav ustidan zafar quchdi.
WSV va ARV musobaqalari davom etmoqda.