Bokschilarimiz “World Boxing” kubogida muvaffaqiyatli start oldi
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida “World Boxing” tashkiloti kubogi bahslarining so‘nggi final bosqichi o‘tkazilmoqda. Musobaqaning chorak finalidan o‘rin olgan bellashuvlarda 4 nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi.
Jumladan, musobaqada Aziza Zokirova -70 kg. vaznda nigeriyalik Mbata Patrisiani 5:0 hisobida taslim etgan bo‘lsa, Adhamjon Muhiddinov -65 kg. vazn toifasida Janubiy Koreya vakili Jang Dong Vanni 5:0, Halimjon Mamasoliyev esa +90 kg. vaznda avstriyalik Ahmed Hagagni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda yarim finalga yo‘l oldi. Afsuski, vazni -54 kg. bo‘lgan Nigina O‘ktamova mezbon Preyetiga kutilmaganda imkoniyatni boy berdi;
Bugun “World Boxing” tashkiloti kubogi bahslari doirasida 7 nafar vakilimiz yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-57 kg: Sitora Turdibekova – Vu Shi Yi (Xitoy Taypeyi);
-55 kg: Samandar Olimov – Shin Jaye Yong (Janubiy Koreya) ;
-75 kg: Javohir Abdurahimov – Aman Konsbekov (Qozog‘iston) ;
-90 kg: Nusratbek Tohirov – Bogdan Tolmachov (Ukraina) ;
-50 kg: Asilbek Jalilov – Yon Taye Geun (Janubiy Koreya) ;
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov – Kim Junsu (Janubiy Koreya) ;
-85 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev – Jon Lachlan (Avstraliya)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA