Bokschi qizlarimiz Olmaotada 10 ta medalli bo‘ldi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘smir qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha yakunlangan xalqaro turnirda mamlakatimiz vakillari 10 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Temur Axbayev murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari shiddatli janglar sarhisobiga ko‘ra, 3 ta oltin, 4 kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
10 ga yaqin davlatning mahoratli bokschi qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda terma jamoamiz a’zolaridan Nazokat Mardonova, Farzuna Ro‘ziyeva, Rushanabonu Isayeva o‘z vaznlarida oltin medallarga ega chiqdi.
Shuningdek, iste’dodli sportchilarimizdan Qumriniso Muhammadova, Mehriniso Qilicheva, Ulbo‘sin Jalgasbayeva, Mavjuda Abdusaidova o‘z vaznlarida kumush, Farangiz Usvaliyeva, Sabrina Chakomanova va Samira Turg‘unova bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA