Boks: Osiyo chempionatlarining manzillari ma’lum bo‘ldi
Boks bo‘yicha turli yosh toifalarida o‘tkaziluvchi qit’a chempionatlarining sana hamda manzillari e’lon qilindi.
Osiyo boks konfederatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 25-aprel — 10-may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar hamda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo birinchiligi tashkil etiladi.

Shundan so‘ng, 21-avgust — 3-sentyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Ab-u-Dabi shahrida o‘smirlar hamda maktab yoshidagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida qit’a chempionati bo‘lib o‘tadi.

Kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati esa 30-noyabr — 12-dekabr kunlari Iordaniyaning Amman shahri mezbonligida o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA