Boks: Navbahor Hamidova nufuzli turnir finaliga yo‘l oldi
Qozog‘istonning Ostona shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan “World Boxing” tashkiloti kubogida bokschi qizlarimiz yarim final janglarini o‘tkazdi.
Ushbu bosqichda vazni -65 kg. bo‘lgan Navbahor Hamidova AQSH vakilasi Morelle Makkeynni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va so‘nggi hal etuvchi final bosqichiga yo‘l oldi. Endi Navbahor musobaqaning oltin medali uchun o‘tadigan jangda turkiyalik Busenaz Syurmeneliga qarshi ringga ko‘tariladi.

Afsuski, Aziza Zokirova, Sohiba Ro‘zmetova hamda Feruza Kazakova kabi charm qo‘lqop ustalarimiz final ostonasida mag‘lubiyatga uchradi. Natijada ular termamizga 3 ta bronza medalini keltirdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA