Bojxonachilar tomorqadan samarali foydalanmoqda
Sirdaryo viloyatida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bilan bir qatorda, aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, pandemiyaning mamlakat iqtisodiyotiga yetkazadigan zararini yumshatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sirdaryo viloyatida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bilan bir qatorda, aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, pandemiyaning mamlakat iqtisodiyotiga yetkazadigan zararini yumshatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz raisligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag‘ishlab joriy yilning 8 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston o‘z aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ichki ehtiyojlarini to‘liq qondirish, daromadlarini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilash uchun katta zaxira va imkoniyatlarga ega ekani ta’kidlangan edi.
Ushbu videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni to‘laqonli bajarish, xodimlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bahorning ilk kunlaridayoq bojxona xodimlariga tomorqadan foydalanish madaniyatini shakllantirish va unga oila byudjetining qo‘shimcha daromad manbai sifatida qarashga o‘rgatish maqsadida alohida onlayn tarzda mashg‘ulotlar tashkil etildi. O‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlarda tomorqadan unumli va samarali foydalanish orqali nafaqat iste’mol uchun birlamchi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, balki oila byudjetini butlab, iqtisodiy barqarorlikka erishish mumkinligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan aniq tushuntirishlar berildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va xodimlarning mavjud tomorqalaridan samarali foydalanishlarini tashkil etish maqsadida 518 sotixdan ortiq ekin yer maydoniga har xil turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, kelgusida mazkur tomorqalarda yetishtiriladigan mahsulotlarni xodimlar ehtiyoji uchun boshqarma va bojxona postlaridagi oshxonalarga olib kelinishi rejalashtirildi.
“Sirdaryo” chegara bojxona posti va boshqarma tasarrufidagi 2 ta xizmat uylarida xodimlar tashabbusi bilan tashkil qilingan 3 ta ixcham tovuqxonalarda tuxum mahsulotlari hamda mas’ul xodimning yashash xonadonida sog‘in sigirini boqish sharoiti yaratildi. Ayni paytda ushbu sog‘in sigiridan sog‘ib olinayotgan sut va sutdan tayyorlanayotgan boshqa mahsulotlar bojxona xodimlarining kunlik oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida boshqarma va bojxona postlaridagi oshxonalarga yetkazib berilayotir. Kelgusida, yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni ko‘paytirish nazarda tutilgan.
Shuningdek, pillachilik yo‘nalishida bojxona xodimlarining oila a’zolari va yaqin qarindoshlari tomonidan parvarish qilinayotgan 18,5 qutida jami 379 gramm pilla qurtini ozuqa bilan ta’minlashda boshqarma tomonidan yaqindan yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, boqilayotgan ipak qurti uchun tut bargini yetkazib berish borasida viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatib kelinayotgani tahsinga loyiq.
Ayni paytda boshqarma tomonidan ushbu yo‘nalishlardagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilayotir.