Bojxona boshqarmasi samarali faoliyat yuritmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o‘tgan birinchi choragi davomida 568 milliard so‘m miqdorda bojxona to‘lovlari undirilib, davlat byudjetiga o‘tkazilishi ta’minlandi.
Hisobot davrida viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi 104 ta tadbirkorlik subyektiga 64,6 milliard so‘mlik bojxona to‘lovlarida imtiyozlar qo‘llanildi.
[gallery-16880]
Ta’kidlash kerak, mamlakatimizda eksportni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan qulayliklar va taqdim etilayotgan imtiyozlar natijasida viloyatdagi eksportyorlar soni 207 taga yetdi.
Bugungi kunda Bojxona qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarida tashkil etilayotgan ish jarayoni to‘liq raqamlashtirilishi natijasida tadbirkorlar tomonidan elektron tartibda taqdim etilayotgan bojxona yuk deklaratsiyalari 4-5 daqiqa vaqt oralig‘ida rasmiylashtirilishiga erishildi. Shunisi e’tiborliki, 2024-yilning o‘tgan davri jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishda ham samarali ish olib borilishi natijasida jami 34 ta murojaatning barchasi tegishli qonunchilik talablari doirasida o‘z yechimini topdi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA