Bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi raisining 2024 yil 6 iyundagi buyrug‘i bilan Umidjon Suhbatjonovich Qodirov Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Mutallibjon Obidjonovich Soliyevning o‘rnida ishga kirishdi.
Yangi rahbar viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda jamoatchilikka rasman tanishtirildi.
Umidjon Qodirov 1983 yilda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 2006 yildan buyon bojxona tizimida turli mas’ul vazifalarda ish olib borgan. Bojxona xizmati podpolkovnigi unvoniga ega.

Yangi tayinlovga qadar, ya’ni 2022 yildan buyon Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri