Bog‘chalarga zamonaviy jihozlar topshirildi
FOTOREPORTAJ
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Andijon viloyatidagi 17 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga zamonaviy jihozlar taqdim etildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari, soha xodimlari, nuroniylar ishtirok etdi.
Zamonaviy jihozlarga ehtiyoji bor bog‘chalarga stol, stul singari 18 turdagi jihozlar jamlanmasi topshirildi.
Tadbirda qatnashgan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R. Karimov mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda tizimda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida so‘z yuritdi.
[gallery-12999]
Vazirlik tomonimdan taqdim etilgan zamonaviy jihozlar ham yosh avlodni ma’nan yetuk, jismonan barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan e’tiborning yana bir namunasidir.
Zuhriddin UMRZOQOV (surat), O‘zA