Bobur shahrida 200 ming kishiga mo‘ljallangan 800 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi boshlandi
Aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratishda Bobur shahri muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
To‘rt ming gektar qir-adirda barpo etilayotgan shahardagi qulay uylarga 25 ming aholi ko‘chib o‘tdi. Yana 200 ming kishiga mo‘ljallangan 800 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi boshlandi.
Bu yerda savdo komplekslari, biznes markazlari, mehmonxonalar, xususiy ta’lim, tibbiyot va sport ob’ektlarini barpo etish istagidagi tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi.
Bunday ob’ektlarda investitsiyaning qaytish muddati uzoqligini inobatga olib, yerning boshlang‘ich narxini uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan yerlarga nisbatan ikki barobar arzon belgilashga rozilik bildirildi. Yerlarni yangi shartlarda auksionga qo‘yish topshirildi.
Andijon shahridagi Bobur shoh ko‘chasida ko‘prik ishga tushirildi.
Kelgusi yil Milliy tiklanish va Navoiy, O‘zbekiston va Bobur, Amir Temur va “Yangi aylanma yo‘li” ko‘chalari kesishmalarida yana uchta yirik yo‘l o‘tkazgich quriladi. Asaka tumanining markazini aylanib o‘tuvchi ko‘prik ham ishga tushiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish davom etmoqda.
O‘zA