Boboyev Shuhrat Raximovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Tajribaviy oshqozon-ichak traktining sirka kislotasi bilan kimyoviy kuyishida yo‘g‘on ichak devoridagi morfologik o‘zgarishlarning qiyosiy tavsifi mavzusida.
Boboyev Shuhrat Raximovichning 14.00.02- “Morfologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Tajribaviy oshqozon-ichak traktining sirka kislotasi bilan kimyoviy kuyishida yo‘g‘on ichak devoridagi morfologik o‘zgarishlarning qiyosiy tavsifi” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 26-avgust kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 200126, Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 23. Buxoro
davlat tibbiyot instituti.
Tel.: (+99895) 911-00-50
e-mail: info@bsmi.uz