«BMX« bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
Jizzaxda velosportning «BMX reysing« yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Musobaqaning jamoaviy bahslarida Jizzax-2 jamoasi erkaklar o‘rtasida, Jizzax-1 jamoasi ayollar o‘rtasida mamlakat chempioniga aylandi. Yoshlar orasida esa jizzaxlik yigitlar hamda qoraqalpog‘istonlik qizlar jamoalari g‘olib bo‘lishdi.
Yakkalik poygalarining kattalar toifasidagi bellashuvlarda Otabek Ibragimov, Avazbek Mirzayev, Artyom Ananiy, Nozima Egamberdiyeva, Gulhayo Jumanova hamda Hojar Pardaboyevalar shohsupaga ko‘tarilishdi.

Yoshlar orasida esa Ibragim Abduvohidov, Chingiz Chuliyev, Manuchehr Abdurasulov, Madina Abdusattorova, Zakima Toliboyeva, Sabrina Jonqobilovalar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA