“BMW” kompaniyasining JARdagi zavodi o‘z faoliyatini to‘xtatdi
“Nemis kompaniyasi “BMW”ning Janubiy Afrika respublikasidagi zavodi mamlakatdagi metallurglarning norozilik namoyishlari boshlagani tufayli ishlab chiqarishni to‘xtatdi”, deb yozadi “Reuters”.
“Namoyishlar boshlanishi bilanoq zavoddagi avtomobil yig‘ish ishlari to‘xtagan, bu holat kompaniyaning qator yetkazib beruvchilari ishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi”, deydi kompaniya vakili Xeyli Filander.
Uning so‘zlariga qaraganda, yig‘ma qismlar yetkazilishida uzilish bo‘lgan.
Ma’lumot uchun Janubiy Afrika respublikasidagi po‘lat quyuvchilarning kasaba uyushmalari 5 oktyabrda namoyishlar boshlanishini e’lon qilgan, ishchilar ish haqini sakkiz foizga, kelajakda esa, yana ikki foizga oshirish talabi bilan chiqmoqda.