BMT va YEI bilan ekstremizmga qarşi kuraşda ilmiy hamkorlik kuçaymoqda
Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi vakillari iştirokida ikki kunlik xalqaro seminar-trening taşkil etildi.
Tadbir Akademiya taşabbusi bilan BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi, Yevropa Ittifoqining Global terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi hamda Din işlari böyiça qömita hamkorligida ötkazildi. Uning asosiy maqsadi zöravon ekstremizmning oldini olişda ilmiy tadqiqotlar va taʼlim imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, milliy va xalqaro tajribani özaro uyğunlaştirişdan iborat.

Seminarning dastlabki kuni «Profilaktika sohasida milliy tizim, yangi Markaz va hamkorliklar» mavzusiga bağişlandi.
Unda Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi birinçi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Din işlari böyiça qömita raisining örinbosari Dilşod Mamadqulov, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari vazifasini bajaruvçi Renata Vrubel, BMTning Özbekistondagi Doimiy koordinatori idorasi vakili Anvarjon Meliboyev, BMT Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi loyiha menejeri Dmitriy Ponomaryov, şuningdek, Akademiya professor-öqituvçilari iştirok etdi.

Muloqotlarda Özbekiston va BMT örtasidagi hamkorlikning bugungi holati, ayniqsa, jamiyatda maʼrifat muhitini mustahkamlaş, zöravonlik va ekstremistik qaraşlarning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Ilmiy-maʼrifiy dastur doirasida Özbekistonda zöravon ekstremizmning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş tizimi, radikalizm va ekstremizm profilaktikasi böyiça xalqaro tadqiqot markazini taşkil etiş konsepsiyasi, uning ustuvor yönalişlari, şuningdek, xalqaro tajriba va amaliyotda özini oqlagan yondaşuvlar yuzasidan maʼruzalar tinglandi.

Seminarning amaliy qismida ham muhim taşabbuslar ilgari surildi. Jumladan, ekstremizmning oldini olişga qaratilgan qöşma loyihalarni işlab çiqiş, ijtimoiy tarmoqlar uçun mazmunli videoroliklar tayyorlaş, soha mutaxassislari iştirokida video qöllanmalar yaratiş hamda ilmiy-ommabop risolalar naşr etiş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Akademiya professor-öqituvçilarining yoşlar ongida soğlom dunyoqaraşni şakllantiriş, internet makonidagi zararli ğoyalarga nisbatan tanqidiy munosabatni kuçaytiriş, diniy mutaassiblikning oldini oliş va jamiyatda bağrikenglik tamoyillarini qaror toptiriş borasidagi faoliyati ham eʼtirof etildi.

Iştirokçilar «Jaholatga qarşi maʼrifat» ğoyasining bugungi kundagi ahamiyatiga töxtalib, muqaddas dinlarning ezgulik, tinçlik va bağrikenglikka çorlovçi mohiyatini keng tarğib etiş zarurligini taʼkidladi. Şuningdek, Özbekiston zaminidan yetişib çiqqan buyuk allomalarning islom sivilizatsiyasi, ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qöşgan ulkan hissasini çuqur örganiş va bu boy merosni yoş avlodga yetkaziş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Ikki kunlik seminar doirasidagi fikr va tajriba almaşinuvi kelgusida yangi ilmiy taşabbuslar, taʼlim loyihalari va xalqaro hamkorlik aloqalari uçun mustahkam zamin yaratişi şubhasiz. Zero, ekstremizmning oldini olişda bilim, maʼrifat, soğlom tafakkur va özaro hamkorlik eng muhim vositalardan biri hisoblanadi.
N.Usmonova,
ÖzA