BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Afg‘onistonga boradi
Birlashgan Millat Tashkiloti Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits mahalliy hokimiyat idoralarining ayollarni nohukumat tashkilotlaridan ishdan chiqarish haqidagi buyrug‘i munosabati bilan yaqin bir necha hafta ichida Afg‘onistonga tashrif buyuradi. Bu haqda BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari o‘rinbosari, gumanitar masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Ramiz Alakbarov ma’lum qildi.
“Tolibon” muvaqqat hukumati bilan muzokaralar o‘tkazish rejalanmoqda”.
Alakbarovning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro tashkilot “ayollar ishtirokisiz Afg‘onistonda har tomonlama gumanitar yordam ko‘rsatish mumkin emas, deb hisoblaydi”.
BMTning Afg‘onistondagi dasturlarining taxminan 70 foizi nodavlat tashkilotlari bilan bog‘liq”, deb qo‘shimcha qildi u.
O‘zA