Blinken G20 sammitida Bayden va Putin uchrashish ehtimoliga izoh berdi
AQSH ushbu RF bilan bo‘ladigan aloqani mazmunli bo‘ladi, deb hisoblamaydi, shu bois yetakchilar Jo Bayden va Vladimir Putinning G20 sammitida uchrashuvi rejalashtirilgani yo‘q, deb bayonot berdi davlat kotibi Entoni Blinken.
"Agar mazmunli diplomatiyaga o‘rin bo‘lganda edi, biz shunday qilgan bo‘lardik. Biroq biz buni ko‘rmayapmiz", – dedi Blinken Kanadaning CBC telekorporatsiyasiga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, shu sababli Bayden G20 sammitida Rossiyalik hamkasbi bilan uchrashuv rejalashtirgani yo‘q.
Blinkenning ta’kidlashicha, Ukraina atrofidagi vaziyat Moskva bilan Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ladigan muzokaralarda hal qilinishi kerak. "Agar Rossiya muzokara xohlasa va bunga jiddiy yondashsa, u Ukraina hukumati bilan gaplashishi kerak", – degan u.