BlackBerry smartfonlari savdodan olib tashlanadi

BlackBerry brendiga egalik qilayotgan TCL Communication kompaniyasi ushbu markadagi smartfonlarini endi ishlab chiqarmaslikka qaror qildi. BlackBerry Mobile tvitterida shu haqda ma’lum qilindi.
Kompaniyaning e’lon qilishicha, joriy yilning 31 avgustidan boshlab smartfonlar savdosi to‘xtatiladi. Ammo kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan barcha qurilmalarga yana ikki yil davomida kafolat xizmati ko‘rsatiladi.
So‘nggi yillarda bozorda arzon sensorli qurilmalar paydo bo‘lgani sababli QWERTY-klaviatura bilan jihozlangan BlackBerry smartfonlari savdosi keskin tushib ketdi.
Bundan avvalroq mazkur brend kelgusida e’tiborni dasturiy ta’minot biznesiga qaratishga qaror qilgani haqda yozgan edi.
O‘zA brendiga egalik qilayotgan TCL Communication kompaniyasi ushbu markadagi smartfonlarini endi ishlab chiqarmaslikka qaror qildi. BlackBerry Mobile tvitterida shu haqda ma’lum qilindi.