Biz tabiat uchun g‘amxo‘rmiz
Qashqadaryolik yoshlar mana shu g‘oya ostida birlashib, “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda. Loyiha doirasida yoshlar tashabbusi bilan viloyatning barcha tuman va shaharlarida yoshlar bog‘lari tashkil etilmoqda. Ushbu loyihaning maqsadi hududlarni ko‘kalamzorlashtirish orqali ekologik holatni yaxshilashdir.
Viloyatdagi G‘uzor tumanida Toshgo‘zar mahallasi hududida 1 ming 500 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yoshlar bog‘i” tashkil etildi. Shuningdek, to‘qsonbosti ekin ekish uchun yer olgan yoshlar ham o‘z yerlarining atroflarini manzarali va mevali daraxtlar bilan ko‘kalamzorlashtirmoqda.
Jumladan, Mirishkor tumanida ham yoshlar tashabbusi bilan bog‘ tashkil etilib, Oqmachit mahallasida 1 ming 400 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu jarayon yoshlarning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bo‘lib, ular o‘z yer maydonlarida ekin ekish va bog‘larni ko‘kalamzorlashtirishga katta hissa qo‘shmoqda.
[gallery-20566]
Koson tumanidagi yoshlar ham o‘z hududlarida 1 ming 400 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi. Koson mahallasi yoshlarining tashabbusi bilan yer maydonlari atrofi ham to‘liq ko‘kalamzorlashtirilib, bog‘lar tashkil etilmoqda.
Shahrisabz tumanida esa yoshlar tomonidan 1 ming 400 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilgan. Shahrisabzda yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlarining bog‘ qatorlariga agrotexnika ishlari olib borilib, ko‘chatlar ekilgan.
Qashqadaryo viloyatida “Yashil makon” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yoshlar bog‘lari va ekin maydonlarining barchasi Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan qizg‘in ravishda amalga oshirilmoqda. Har bir tuman va shaharda yoshlarning faol ishtirokida bu ishlar davom etmoqda. Birgalikda yashil makonni yaratish va viloyatni ko‘kalamzorlashtirishga bo‘lgan intilish davom etmoqda.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari